Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2025-yil 1-yanvar

O'zbekcha Русский English

Ushbu Maxfiylik siyosati Femly ("biz", "xizmat") tomonidan foydalanuvchi ma'lumotlari qanday yig'ilishi, saqlanishi, ishlatilishi va himoya qilinishini tushuntiradi. Xizmatlarimizdan foydalanish orqali siz ushbu siyosat shartlariga rozilik bildirasiz.

1. Qamrov va qo'llanish sohasi

Siyasat quyidagilarga nisbatan amal qiladi:

  • Femly mobil ilovasi (Android/iOS),
  • landing sahifalari va ilova ochish havolalari (/app/*),
  • Telegram bot va Telegram bilan bog'liq autentifikatsiya jarayonlari,
  • obuna/premium, hamyon va to'lovga oid jarayonlar.

2. Yig'iladigan ma'lumotlar

  • Hisob va identifikatsiya ma'lumotlari: telefon raqami orqali kirish, tokenlar, sessiyalar, Telegram akkaunt bilan bog'lash holati.
  • Profil ma'lumotlari: rejim (ayol/homiladorlik/ona), ona va bola profili, tug'ilgan sana va siz kiritgan boshqa profil maydonlari.
  • Sog'liq va kundalik yozuvlar: hayz sikli, homiladorlik haftasi, vazn, bosim, kayfiyat, ovqatlanish, uyqu, tepki, tahlillar, vitamin/emlash va siz kiritgan sog'liq kuzatuvlari.
  • Kontent va ilova ichidagi faollik: maqolalar, video kurslar, ertaklar, sevimlilar, eslatmalar va bildirishnomalar bilan ishlash.
  • Texnik ma'lumotlar: qurilma turi, OS versiyasi, ilova versiyasi, til, vaqt zonasi, push token.
  • Analitika va xatolik ma'lumotlari: ilova ichidagi eventlar (anonim/texnik), crash loglar va diagnostika.
  • To'lov va premiumga oid ma'lumotlar: hamyon to'ldirish holati, to'lov provayderiga yo'naltirish faktlari, premium kirish huquqi holati.

3. Ma'lumotlardan foydalanish maqsadlari

  • xizmatni taqdim etish, akkauntni yuritish va foydalanuvchini autentifikatsiya qilish;
  • shaxsiylashtirilgan tavsiyalar, eslatmalar va AI funksiyalarini ishlatish;
  • premium kirish, hamyon va to'lov oqimlarini boshqarish;
  • texnik xatolarni aniqlash, barqarorlikni oshirish va xavfsizlikni ta'minlash;
  • anonim/statistik tahlil orqali mahsulot sifatini yaxshilash;
  • qonunchilik talablari doirasida majburiyatlarni bajarish.

4. AI funksiyalari bo'yicha eslatma

AI javoblari axborot xarakteriga ega bo'lib, tibbiy tashxis yoki davolash o'rnini bosmaydi. Sog'liq bo'yicha qarorlar uchun malakali shifokorga murojaat qiling.

5. Ma'lumotlarni ulashish va uchinchi tomonlar

Biz foydalanuvchi ma'lumotlarini sotmaymiz. Ma'lumotlar quyidagi holatlarda cheklangan hajmda uzatilishi mumkin:

  • infratuzilma/hosting va texnik xizmat ko'rsatuvchi pudratchilar;
  • push, analitika, xatolik monitoringi kabi texnik servislar;
  • to'lovni amalga oshirish uchun tegishli to'lov provayderlari;
  • amaldagi qonunchilik talab qilgan holatlar.

6. Push bildirishnomalar

Push bildirishnomalar ilova funksionalligi (eslatmalar, tizim yangiliklari, foydalanuvchi oqimlari) uchun ishlatiladi. Push ruxsatlari qurilma sozlamalari orqali boshqariladi.

7. Ma'lumotlarni saqlash muddati

Ma'lumotlar xizmatni ko'rsatish uchun zarur bo'lgan muddat davomida saqlanadi. Akkaunt o'chirilgandan so'ng, qonunchilik va texnik talablar asosida ma'lumotlar o'chiriladi yoki anonimizatsiya qilinadi.

8. Xavfsizlik choralari

  • kirish huquqlarini cheklash va rollarga asoslangan boshqaruv;
  • transport va saqlash darajasida texnik himoya mexanizmlari;
  • xatolik monitoringi va hodisalarga javob berish jarayonlari;
  • sessiya va tokenlar bilan xavfsiz ishlash tamoyillari.

9. Voyaga yetmaganlar bo'yicha

Xizmatdan foydalanish mahalliy qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Zarur hollarda ota-ona yoki qonuniy vakil nazorati talab etiladi.

10. Sizning huquqlaringiz

  • o'zingizga oid ma'lumotlarni ko'rish va yangilash;
  • ma'lumotlarni o'chirish bo'yicha so'rov yuborish;
  • push va ayrim data ishlov berish roziliklarini boshqarish;
  • qo'shimcha savollar bilan qo'llab-quvvatlashga murojaat qilish.

11. Xalqaro uzatishlar

Xizmat infratuzilmasi xalqaro bulut servislaridan foydalanishi mumkin. Bunday holatlarda ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha mos texnik va tashkiliy choralar qo'llanadi.

12. Siyosatga o'zgartirishlar

Ushbu siyosat vaqti-vaqti bilan yangilanadi. Muhim o'zgarishlar landingda yoki ilova ichida e'lon qilinadi. "Oxirgi yangilanish" sanasi ushbu sahifaning yuqorisida ko'rsatiladi.

13. Mualliflik huquqi va intellektual mulk

Femly brendi, logotiplari, dizayn elementlari, matnlar, maqolalar, video va boshqa kontentlar intellektual mulk obyektlari hisoblanadi va amaldagi qonunchilik bilan himoyalangan. Ruxsatsiz nusxa ko'chirish, ommaviy tarqatish yoki tijorat maqsadida foydalanish taqiqlanadi.

Agar siz kontent bo'yicha mualliflik huquqi buzilgan deb hisoblasangiz, bot orqali bizga havola, tavsif va huquq asoslarini yuboring. Biz da'voni ko'rib chiqib, zarur choralarni ko'ramiz (kontentni vaqtincha cheklash, olib tashlash yoki izoh so'rash).

14. Bog'lanish

Maxfiylik bo'yicha savollar, ma'lumotlarni o'chirish yoki boshqa so'rovlar uchun Telegram bot orqali murojaat qiling: t.me/AnisaPlusAI_bot.